Lizard Squad xakerlik guruhi a’zolari Xitoyning kompyuter ishlab chiqaruvchi Lenovo kompaniyasi saytiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
26 fevral kuni kompaniya saytiga kirilganda, “Ajoyib myuzikl” filmidagi “Breaking Free” qo‘shig‘i yangrab turgan edi.
Bir oz vaqt o‘tgandan keyin, sayt faoliyati yana tiklangan. Ayni damda Lenovo saytiga yana kirib bo‘lmayapti.
Buzilgan sahifada “King va Godfridan Lenovo saytining yangi va yaxshilangan versiyasi” degan yozuv chiqqan. Bu ikki shaxs Lizard Squad’ning a’zolari hisoblanadi.
Lekin bu xakerlar ushbu hujumga aloqador bo‘lgani tasdiqlanmagan.
Avvalroq Lenovo kompaniyasi Superfish reklama dasturini tarqatgani tufayli mojaro markazida qolgan edi, mutaxassislar bu dasturni ziyon keltiruvchi deb ma’lum qilishgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!