16:24 / 26.02.2015
6 523

Mozilla Firefox’ning 36-versiyasi o‘zbek tilida ham chiqarildi

Mozilla Firefox’ning 36-versiyasi o‘zbek tilida ham chiqarildi

Mozilla Firefox brauzerining 36-versiyasi o‘zbek tilida chiqarildi. Bu haqda dasturni uch yil davomida tarjima qilgan tarjimon Akmal Xushvaqtov o‘z blogida ma’lum qilgan. deb yozadi Kun.uz.

Bu haqda Mozilla saytida ham axborot berilgan, xususan unda Firefox’ning yangi versiyasida, HTTP/2 protokolida ishlay olish va “yopishtirilgan” tablarni sinxronizasiya qilish xossalaridan tashqari o‘zbek tili ham qo‘shilgani qayd etilgan.

“Nazarimda tarjimalar juda yomon chiqmagan, [ba’zi] xato ketgan joyi bor, yangi so‘zlar qo‘shilgan va ular hali o‘zbek tiliga o‘girilmagan. Aniqrog‘i, men xabarsiz qolibman. Keyingi versiyalarda o‘zbek tilida ko‘rasiz”, – deb yozadi tarjimon.

“Qisqasi, o‘zbekcha Mozilla Firefox kerak deb o‘ylayman. Shunchaki, faqat internetni ko‘rish emas, undan foydalanishni oson qilish uchun ham o‘zbek tili bo‘lgani yaxshi, deb o‘ylayman”, – deya qo‘shimcha qiladi Akmal Xushvaqtov.

Ma’lumot uchun, Mozilla Firefox brauzerining 36-versiyasini bu erda ko‘chirib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mozilla Firefox’ning 36-versiyasi o‘zbek tilida ham chiqarildi