00:01 / 27.02.2015
8 604

Yaponiyada ayiq ko‘rinishidagi robot-hamshira ishlab chiqildi

Yaponiyada ayiq ko‘rinishidagi robot-hamshira ishlab chiqildi

Yaponiya fizika-kimyo tadqiqotlari instituti olimlari va Sumitomo kompaniyasi xodimlari yangi hamshira-robotni taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Korrespondont.net».

Robear (robot-ayiq) bemorlarga qarash bo‘yicha bir necha oddiy amallarni bajara oladi: ularni ko‘taradi, ko‘chiradi, nogironlar aravachasiga o‘tqizadi. Maxsus sensorlar yordamida robotning bemorga etkazishi mumkin bo‘lgan eng kichik zararli harakatining ham oldi olinadi.

«Umid qilamizki, qurilmamiz bemorlarga qarashni avtomatlashtiradi, uning sifatini oshiradi va qarovchilarning mas’uliyatini kamaytiradi», − dedi tadqiqot guruhi rahbari Toshixaru Mukai.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada ayiq ko‘rinishidagi robot-hamshira ishlab chiqildi