@LolliDiMe nomli tvitter foydalanuvchisi idishining folgali qopqog‘iga yopishib qolmaydigan yapon yogurti videosini chop etdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Videoda erkak yogurtni qopqoqning folgasiga (yupqa zarsimon qatlam) to‘kayotgani, biroq yogurtdan unda hech qanday iz qolmayotganini ko‘rish mumkin.
Shunga o‘xshash video 2014 yilda ham chop etilgandi. ESM nashrining aniqlashicha, bu texnologiya Toyo Aluminium yapon kompaniyasi tomonidan Meiji Bulgaria markasi uchun ishlab chiqilgan va "Toyal Lotus" deb nom olgan (suvni itaradigan va shu sabab quruq qoladigan nilufar gulining barglari nomiga).
Videoda qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan, biroq shu ma’lumki, folganing ichki yuzasiga xavfsiz va ta’msiz gidrofob modda bilan ishlov beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi