10:29 / 09.09.2016
6 287

Irina Semenova – Beeline O‘zbekiston yuridik xizmatining yangi rahbari

Irina Semenova – Beeline O‘zbekiston yuridik xizmatining yangi rahbari

Beeline Irina Semenova yuridik xizmati rahbari etib tayinlanganligi haqida e’lon qiladi.

“Biznesni huquqiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek Beeline‘ning siyosati va tartibini dunyoning eng yaxshi amaliyoti va VimpelCom guruhining yuqori standartlariga moslash uchun kelgusidagi ishlar – aynan shu masalalarning ahamiyatini telekom-industriyasining hozirgi rivojlanish bosqichida qaytadan baho berish qiyin, – tayinlovni sharhladi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov. – Ushbu lavozimdagi kuchli menejer ham kompaniya ham abonentlar uchun foydali bo‘lib, mijozlarimiz oldida Unitel barcha majburiyatlarni amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ishonaman, yangi rahbarning malakasi va har taraflama tajribasi qisqa vaqt ichida ishga sho‘ng‘ish va O‘zbekistondagi Beeline rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shishga yordam beradi”.

“Shaxsan men uchun eng asosiy rag‘batlantiruvchi omil – bu respublika bozorida etakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan, dinamik ravishda rivojlnayotgan innovatsion kompaniyada ishlash. Ayniqsa telekommunikasiya sohasidagi yirik biznes – bu katta hajmdagi qiziqarli ish va keng ko‘lamdagi vazifalar borligining deyarli yuz foizlik kafolatidir. Men buni jiddiy kasbiy chaqiruv deb baholayman, shuningdek Beeline jamoasining bir qismiga aylanishga umid qilaman”, – qayd qildi irina Semenova.

2002 yilda Irina a’lo baholar bilan “Ingliz tilining german filologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetini tamomladi. O‘qishni davom ettirishga qaror qilib, 2007 yilda fuqoro huquqi bo‘yicha yurisprudensiya sohasidagi diplomga ega bo‘ldi.

2000 yilda Irina Daniyadagi Kopengagen Universiteti qoshidagi halqaro dasturi doirasida “Gumanitar va ijtimoiy ilmlar” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim oldi.

Irina Semenova o‘zining professional karerasini 2003 yilda “FBK” MChJda yurist yordamchisi sifatida boshladi. 2005 yilda o‘z karerasini “Baker&McKenzie” kompaniyasida davom ettirishga qaror qildi, u erda 2013 yilda katta yurist lavozimini egalladi.

2016 yilning avgust oyidan Irina Unitel yuridik xizmatining rahbari lavozimini egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Irina Semenova – Beeline O‘zbekiston yuridik xizmatining yangi rahbari