00:04 / 12.09.2016
6 908

Yaponiya kompaniyasi ikki qo‘lli dronni taqdim etdi

Yaponiya kompaniyasi ikki qo‘lli dronni taqdim etdi

Yaponiyaning Prodrone kompaniyasi inson qo‘llariga o‘xshash mexanik manipulyatorlarga ega multikopterni taqdim etdi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». Uchuvchisiz uchar qurilma 20 kilogrammgacha og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.

Dron PD6B-AW-ARM deb nomlandi. U havo orqali yuk tashish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz qurilmadir. Ikkita mexanik qo‘lning har bittasi 10 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.

Manipulyatorlar sharofati bilan dron turli-tuman yuklarni ko‘tara oladi. Ularni maxsus mahkamlash materiallaridan foydalanib tashishga tayyorlash shart emas. Asosiysi, uchar qurilma ob’ektga qo‘llari yordamida birikib olsa, bo‘ldi.

Multikopterning boshqa texnik xususiyatlari raqobatchilarinikidan ko‘p ham farq qilmaydi. U soatiga 60 km tezlikda harakatlana oladi, ichki akkumulyatorining quvvati esa o‘rtacha 30 daqiqalik parvozga etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiya kompaniyasi ikki qo‘lli dronni taqdim etdi