Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qilish uchun yangi funksiya yo‘lga qo‘yildi. Foydalanuvchilar u yordamida o‘zlari noo‘rin yoki haqoratli deb bilgan so‘zlarni belgilashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida "Kun" ma’lum qildi.
Mazkur opsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so‘zlar izohlarda ko‘rsatilmaydi.
Yangi funksiyani Instagram sozlamalarida faollashtirish mumkin, buning uchun ilovadagi "oltilik" belgisini bosish kerak.
Servis ishtirokchilari o‘zlari uchun mana shunday so‘zlar ro‘yxatini tuzib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olishadi. Yangilik mavjud moderasiya vositalariga qo‘shimcha sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni o‘chirish, noo‘rin izohlar haqida xabar berish va akkauntlarni bloklash mumkin.
"Barcha foydalanuvchilarimizni xavfsizlantirish uchun biz insonlarga hech qanday tanqid yoki haqoratni ko‘rsatmay, o‘zligini saqlab qolishiga sharoit yaratishimiz lozim", - deya ta’kidladi Instagram bosh direktori Kevin Sistorom.
12 sentyabrdan e’tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvchilari yangi funksiya asosida o‘z sahifalaridagi izohlarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati
Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)