Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast etkazdi. Noxush voqea ko‘chada yuz bergan, deb xabar bermoqda "Kun" nashri. Erkakning orqa cho‘ntagida bo‘lgan smartfon u ko‘chani kesib o‘tayotganda to‘satdan yonib ketgan.
Oqibatda yosh yigit to‘g‘ri shifokorga borgan: shifokorlar uning oyog‘i son qismidan 3 darajali kuyish jarohati olganini qayd qilishgan. Jurnalistlarning taxminicha, smartfon akkumulyatoridagi nuqson sababli alangalanib ketgan. Biroq voqeaning aniq sabablari hozircha noma’lum.
Iyulda Ajay Raj ismli foydalanuvchi YouTube’da Xiaomi Mi 4i smartfoni qo‘lida yonib ketgani videosini chop etgandi. Smartfon bu vaqtda quvvat olayotgan bo‘lgan.
Sentyabr boshida Samsung kompaniyasi barcha Galaxy Note 7 smartfonlarini ortga qaytarib olayotgani ma’lum qilingandi. Bunday qarorga qurilmaning quvvat olish vaqtida yonib ketishi holatlari sabab bo‘lgan.
12 sentyabrda smartfondan birinchi jarohat olganlar haqida ma’lumot paydo bo‘ldi: 6 yoshli bola smartfonda video ko‘rib o‘tirganda, u to‘satdan portlab ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi