14:30 / 13.09.2016
5 998

Samsungdan bir displeyli taxtlama-smartfon taqdim etildi

Samsungdan bir displeyli taxtlama-smartfon taqdim etildi

Samsung "taxtlama" ko‘rinishdagi smartfonlarni ishlab chiqarishdan voz kechmaydi. Uning yangi Galaxy Folder 2 qurilmasi shundan dalolat beradi, deyiladi "Kun" nashrida.

Yangi smartfonda tashqi displey yo‘q, shu bois kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun foydalanuvchi qurilmani ochishi kerak bo‘ladi. Ikkinchi ekranning yo‘qligiga qaramay, Galaxy Folder 2 qurilmasining bahosi - 285 dollarni tashkil qiladi.

Qurilma 3,8 dyuymli sensor bo‘lmagan displey, telefon klaviaturasi, ikki sim-kartali slot, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 425 prosessoriga ega. Suratga olish uchun 8 megapikselli orqa va 5 megapikselli old kameralari mavjud. Asosiy modul FullHD-formatda videoga oladi. Shuningdek Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4GHz, Bluetooth 4.2, LTE, GPS priyomniklari, Beidou va micro-USB porti bor.

1950 mAch'li akkumulyator 318 soatga etadi. Galaxy Folder 2 Android 6.0.1 Marshmallow operasion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning hajmi buklangan holatida - 122x60.2x15.4 mm, vazni esa - 160 grammga teng. Taqdim etilgan yangi qurilma Osiyo bozor segmentiga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsungdan bir displeyli taxtlama-smartfon taqdim etildi