11:29 / 20.09.2016
6 576

Twitter xabarlarga qo‘yilgan 140 belgili cheklovni yumshatdi

Twitter xabarlarga qo‘yilgan 140 belgili cheklovni yumshatdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i 19 sentyabr, dushanba kuni ancha vaqtdan buyon rejalashtirilganidek, xabarlardagi 140 belgili cheklov yumshatilganini e’lon qildi, deb yozadi «Danyo» nashri.

«140 ta belgi orqali ko‘proq narsani ayta oling! Fotosuratlar, video, gif, so‘roq belgilari va qavslar endi hisobga olinmaydi», — deyiladi mikrobloglar tarmog‘i xabarida.

Foydalanuvchilar majburiy cheklov noqulayliklar keltirib chiqarayotganidan tez-tez shikoyat qila boshladi, xususan, mediafayllar 23 tadan belgini «eb qo‘yardi».

Twitter xabarlarining 140 ta belgi bilan cheklanishi shu bilan izohlanadiki, servis yaratilgan vaqtda — 2006 yilda ma’lumotlar mobil tarmoqlari keng tarqalmagan edi, tvit uzunligi esa (140 ta belgi + foydalanuvchi nomi uchun qo‘shimcha 20 ta belgi) tabiiy ravishda SMS’ning maksimal uzunligi (lotin alifbosida 160 ta belgi)ga bog‘langan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Twitter xabarlarga qo‘yilgan 140 belgili cheklovni yumshatdi