13:45 / 20.09.2016
7 224

UMS ilk bor ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida ishtirok etadi

UMS ilk bor ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida ishtirok etadi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori ICT Expo 2016 An’anaviy axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasida yuqori tezlikdagi “to‘rtinchi avlod” mobil Internetini taqdim etadi.

2016 yil 21-23 sentyabr kunlari poytaxtdagi «Ko‘rgazma savdo markazi» ko‘rgazmalar kompleksida axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan ICT Expo 2016 bo‘lib o‘tadi. ICTWEEK 2016 AKT Haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir soha yutuqlarini namoyon qilish, ishbilarmonlik doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro qulay hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT mahsulotlar va xizmatlari foydalanuvchilari bilan teskari aloqani kengaytirishga xizmat qiladi.

UMS mobil operatori ushbu ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etadi hamda keng ommaga 4G LTE mobil Interneti imkoniyatlarini hamda bir qator mobil aloqa mahsulotlari va xizmatlarini namoyish qiladi. Ko‘rgazma mehmonlari kompaniyaning maxsus stendi bilan tanib chiqishlari, mobil aloqa masalalari bo‘yicha maslahat olishlari, shuningdek, qiziqarli va ko‘ngilochar tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

– Ko‘rgazmada asosiy e’tiborni 4G LTE Internetiga qaratganimiz ostida katta ma’no bor, - dedi “UMS” MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov. – UMS data-operator sifatida O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga eng yuksak texnologiyalarni tatbiq etishga, zamonaviy telekommunikasiya servislaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi. Ushbu maqsadlarda 2016 yil 20 iyun kuni kompaniya Toshkent shahrida 4G LTE – “to‘rtinchi avlod” mobil Internetini ishga tushirdi. Tarmoq butun shaharni qamrab oldi hamda undan 4G tarmog‘ida ishlay oladigan mobil qurilmalarga ega har bir abonent xech bir ortiqcha shartlarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

– UMSning 4G LTE tarmog‘ida eng yuqori tezlik 70 Mbit/cgacha chiqishi mumkin. Uning yordamida HD-videolarni ko‘rish, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish va yuklash, Internetdagi “og‘ir” fayllar bilan ishlash, vebinar va videokonferensiyalarda ishtirok etish, eng yuqori tezlikni hamda aloqaning a’lo sifatini talab etuvchi harakatlarni bajarish mumkin. Bu va boshqa ko‘plab imkoniyatlar ICT Expo 2016 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etiladi, – deya ta’kidladi Sayyodjon Matkarimov.

UMS mobil operatori ICT Expo 2016dagi o‘z stendiga barcha qiziquvchilar va zamonaviy texnologiyalar ixlosmandlarini taqdim etadi. Sizlarni 21-23 sentyabr kunlari quyidagi manzil bo‘yicha kutib qolamiz: Toshkent sh., Beruniy ko‘chasi, 41 (mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati), «Ko‘rgazma savdo markazi» ko‘rgazmalar kompleksi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS ilk bor ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida ishtirok etadi