13:56 / 21.09.2016
6 983

SanDisk 1 Tb'li hajmga ega SD-kartani taqdim etdi

SanDisk 1 Tb'li hajmga ega SD-kartani taqdim etdi

Western Digital'ga qarashli SanDisk kompaniyasi dunyodagi ilk 1 Tb'li SDXC-fleshkani taqdim qildi. Bu "mo‘’jiza"ni qachon qo‘lga kiritish mumkinligi va uning narxi hozircha noma’lum. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, uni xarid qilganingizdan keyin kamerangizda yangi surat va videolar uchun bo‘sh joy qolganmi yoki yo‘q - qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi.

Yangilik Photokina-2016 ko‘rgazmasida namoyish etildi. Shunisi diqqatga sazovorki, xuddi shu tadbirda ikki yil ilgari 512 Gb'li ilk SD-fleshka taqdim qilingan.

Manbaga ko‘ra, ko‘rgazmada faqatgina prototip ko‘rsatilgan. Boshqacha qilib aytganda, hozircha yangi fleshkani xarid qilishning iloji yo‘q. Biroq 512 Gb'li versiyasining narxi 300 dollardan ortiqligini inobatga olsak, yangi fleshkaning bahosi kamida ikki barobar qimmat bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » SanDisk 1 Tb'li hajmga ega SD-kartani taqdim etdi