10:05 / 23.09.2016
7 149

Xakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi

Xakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi

Xakerlar Yahoo!’ internet qidiruv tizimining 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi. Bu haqda kompaniya bergan bayonotda aytilmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

"Yahoo! Inc. tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tekshiruv foydalanuvchilar akkauntlaridagi ba’zi ma’lumotlar 2014 yil oxirida kompaniya tarmog‘idan kompaniya davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi deb hisoblaydigan kuchlar tomonidan o‘g‘rilangan", deyilgan xabarda.

O‘g‘rilangan ma’lumotlar foydalanuvchilar ismlari, elektron pochtalari manzillari, telefon raqamlari, tug‘ilgan sana, shifrlangan parollar va ba’zi hollarda shifrlangan va shifrlanmagan maxfiy savollar va ularga javoblarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga o‘g‘rilangan ma’lumotlar orasiga himoyalanmagan parollar, to‘lov kartalari yoki bank hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlar tushmagan.

Kompaniya ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot muassasalari bilan ishlamoqda. Kompaniya shuningdek hujumga uchragan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarni bundan ogohlantirmoqda va ularga akkauntlari himoyasini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.

Jumladan, kompaniya foydalanuvchilarga agar 2014 yildan beri o‘zgartirilmagan bo‘lsa, maxfiy savollar va ularga javoblarni, parollarni o‘zgartirishni tavsiya qildi. Shuningdek, o‘g‘rilangan ma’lumotlarga o‘xshash ma’lumotlar ishlatilgan boshqa saytlardagi akkauntlar bilan ham shunday yo‘l tutish maslahati berildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga shubhali manzillardan xatlarni ko‘chirmaslik tavsiya qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi