12:31 / 24.09.2016
6 487

ICTExpo 2016‘da Beeline stendi eng innovasion deb tan olindi

ICTExpo 2016‘da Beeline stendi eng innovasion deb tan olindi

Beeline ICTExpo 2016 axborot-kommunikasiya texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalari haqida xabar beradi. AKT sohasida yilning asosiy voqeasi natijalariga ko‘ra tashkilotchilar tomonidan kompaniya “Eng innovasion stend uchun” nufuzli nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi va bu brendning innovatsionligi va mijozlarga bo‘lgan moyilligini to‘liq aks ettiradi.

Voqeani sharhlat ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Shunday yuksak va obro‘li darajada Beeline‘ning innovasion etakchiligi yana bir bor isbotlanganidan g‘ururlanamiz. AKT haftasi yana barcha ishtirokchilarni o‘zining kuchli energetikasi, unumdorligi va drayvi bilan hayratlantirdi va ilhomlantirdi. ICTExpo 2016 kabi texnologik maydonchada innovasiyalar sohasida g‘olib bo‘lish - bu nafaqat jiddiy e’tirof, balki ishonchning muhim nasiyasidir, va biz bor kuchimiz bilan uni oqlashga harakat qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, bu yili Beeline ekspozisiyasi kvest-rum shaklida ifodalangan bo‘lib, uning ishtirokchilari o‘zlarining digital-imkoniyatlarini ishga solib qiziqarli topshiriqlarni echishdi va sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi. Beeline stendida ular o‘zlarining SIM-kartalarini zamonaviy USIM kartalariga almashtirdilar va Beeline‘ning yuqori tezlikdagi 4G Internetining imkoniyatlaridan foydalana oldilar. Demo-nuqtalarda LTE standartida ishlovchi zamonaviy devayslar taqdim etilgan bo‘lib, unda barcha istovchilar o‘z smartfonlariga ko‘rgazmada kompaniya tomonidan taqdim etilgan innovatsion mobil ilovalarni o‘rnatish va sinab ko‘rish, shuningdek o‘zlarining yorqin va qiziqarli fotosuratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ICTExpo 2016‘da Beeline stendi eng innovasion deb tan olindi