Yirik ijtimoiy tarmoq keyingi oyda tashkilotlar uchun mo‘ljallangan Facebook At Work versiyasini ishga tushirishi mumkin. Ushbu yangi versiya orqali Facebook ish jarayonini ijtimoiy tarmoqda bo‘lgani singari yanada qiziqarli etish maqsadida, deb yozmoqda "Terabayt.uz" sayti.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Facebook’ning yangi At Work versiyasidan foydalanish uchun tashkilotlar emas, balki muayyan xodimlar oylik obuna haqini to‘laydilar. Bu orqali ijtimoiy tarmoq ham har bitta xodimni (tarmoqdan foydalanishidan qat’iy nazar) xizmatda ro‘yxatdan o‘tkazish muammosidan xalos bo‘ladi.
Facebook At Work tarmog‘ida xodimlar maxsus postlar yordamida o‘zaro fikr almashishi va vazifalarni belgilashi mumkin bo‘ladi. Hozirda Convo ($9/bir oyga), Salesforce Chatter ($15/bir oyga) va Microsoft’s Yammer ($3-$24/bir oyga) kabi servislar xuddi mana shunday vazifasini dunyo bo‘ylab bajarib kelishmoqda. Bundan tashqari, Facebook At Work tarmog‘ida o‘zaro guruhli chatlardan va qo‘ng‘iroqlardan foydalanish imkoniyatini beradigan Messenger analogi ham ko‘zda tutilgan.
Hozircha Facebook At Work tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha oylik obuna narxi ma’lum emas. Biroq kompaniya mazkur servisning beta versiyasini sinovdan o‘tkazgan dasturchilarga alohida chegirma berishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi