AQShning Ideas That Stick firmasi avtomobilni mumkin bo‘lmagan joyda qoldirgan haydovchilarni jazolashning antiqa usulini o‘ylab topdi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Odatda, noto‘g‘ri parking uchun avtomobilni jarima maydonchasiga evakuasiya qilishadi yoki g‘ildiraklarga maxsus blokirator o‘rnatishadi. Blokiratorni belgilangan jarimani to‘lagachgina echish mumkin.
Ideas That Stick esa g‘ildiraklar o‘rniga old oynani bloklaydigan moslamani taklif etmoqda. Yangi moslamaga Barnacle nomi berilgan bo‘lib, u yig‘iladigan paneldan tashkil topgan. Inspektor qoidabuzar avtomobilnig old oynasiga moslamani o‘rnatgach, haydovchi mobil telefon orqali jarimani to‘laydi va unga blokiratorni ochish uchun maxsus kod yuboriladi. Panelni echgach, uni yaqin-atrofdagi qabul nuqtasiga topshirish talab etiladi. Aks holda yangi jarima belgilanadi.
Agar blokirator o‘zboshimchalik bilan echilsa yoki avtomobilni harakatlantirilsa, blokirator juda baland ovozda signal chiqaradi. Loyiha juda antiqa tizimga ega. Kelgusida uni AQShning ba’zi shaharlarida sinash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi