6 601
Amitabx Bachchan o‘ziga tegishli Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotganidan shikoyat qildi
Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan o‘ziga Galaxy Note 7 to‘liq zaryadlanmayotgani haqida o‘zining Tvitterdagi sahifasida yozib o‘tgan. Aktyorning yozishicha, unga qarashli mazkur smartfonning batareyasi 60%dan ortiq quvvat olmayapti. U Samsung’dan ushbu nosozlikni bartaraf qilishni so‘ragan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Aftidan, aktyor Galaxy Note 7 atrofida bo‘layotgan voqealar haqida xabardor emas. Mazkur smartfonning batareyasida nosozlik aniqlangach, Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus dastur yangilanishi orqali uni vaqtinchalik faqat 60%gacha quvvatlanadigan qilib qo‘ygan. Shuningdek, Samsung hali Hindistonda rasmiy Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvga chiqarmagan. Shuning uchun mashhur aktyor o‘zining smartfonini boshqa mamlakatdan xarid qilgan, deb xulosa qilish mumkin.
Hodisaga mantiqan yondashsak, Amitabx Bachchanning Galaxy Note 7 smartfoni istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin. Shuning uchun tarmoq foydalanuvchilari aktyorga telefonni qaytarib berishni yoki uni almashtirishni maslahat berishgan.
Eng qizig‘i, Bachchanning ushbu shikoyati Hindiston fuqaro aviasiyasi tashkiloti Galaxy Note 7 smartfonlarini samolyot bortlarida olib kirishga ruxsat bergan kunda yozilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi