00:29 / 06.10.2016
6 803

Maxsus displeyga ega jahondagi ilk plastik karta

Maxsus displeyga ega jahondagi ilk plastik karta

Fransiyaning kiberxavfsizlik texnologiyalarini ishlab chiquvchi Oberthur Technologies kompaniyasi kredit kartalarni firibgar va o‘g‘rilardan himoya qilishning juda antiqa usulini o‘ylab topdi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Bugungi kunda kredit kartalarni o‘g‘irlash, ularning ma’lumotlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, firibgarlikning eng keng tarqalgan, zamonaviy ko‘rinishlaridan hisoblanadi. O‘g‘rilar, asosan, karta nomeri, uning amal qilish muddati, foydalanuvchi nomi va CVC- kodlarni o‘g‘irlab, turli yo‘llar (masalan, internet-do‘konlar orqali) kredit kartadagi pullarni o‘zlashtirishlari mumkin. Albatta, bu biroz tasavvurga sig‘maydigan holat. Ammo, afsuski, bunday firibgarlik turi ayni zamonda juda ko‘p kuzatilmoqda.

Fransuzlar tomonidan o‘ylab topilgan Motion Code nomli xavfsizlik tizimi o‘zgaruvchan CVC-kodlarga asoslangan. Bu esa kredit kartani o‘g‘irlashning oldini olishi tabiiy. Nega deysizmi? Axir, karta o‘g‘irlangani bilan undagi kod baribir tez orada o‘zgartiriladi va natijada undan foydalanish imkoniyati cheklanadi. Mustahkam materialdan qilingan kartadagi mitti displeyda CVC-kodlar har 60 daqiqada o‘zgarib turadi.

Ekran kartaga sozlangan litiy batareyadan quvvatlanadi, undagi zaryad uch yil muddatga etadi. Hozirda mazkur texnologiya ikkita fransuz banklari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida Motion Code texnologiyasidan Polsha, Meksika va Buyuk Britaniya banklari foydalanish istagini bildirishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Maxsus displeyga ega jahondagi ilk plastik karta