O‘tgan yili redmondlik gigant nafaqat gibrid Surface Pro, balki o‘zining ilk noutbuki Surface Book’ni ham muxlislar e’tiboriga havola etib, barchani hayron qoldirgan edi. Microsoft bu yil ham bir necha yangi qurilmalarni namoyish etishni rejalashtirgan. Bu haqda Terabayt.uz nashri va boshqa etakchi resurslarda xabar berilgan. Taqdimot shu oyning 26 sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ba’zi taxminlarga qaraganda, kompaniya bu galgi marosimda joriy gadjetlarning yangilangan versiyalari va Surface seriyasidagi o‘zining birinchi monoblokini taqdim etadi.
Bunday monoblok to‘g‘risida anchadan beri turli xabarlar tarqalgan edi. Hatto internet tarmog‘ida ushbu turdagi qurilmani ta’riflaydigan patent tasviri ham e’lon qilindi. Shuningdek, kompaniyaning o‘zi ham shu haftaning avvalida Surface logotipi tushirilgan simsiz klaviaturaning promo-suratini ham nashr qilgan. Bu esa Microsoft’ning kelgusida iMac raqibiga aylanadigan monoblok tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlarni yana bir bor tasdiqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi