Sony kompaniyasi shu yilning 18 oktyabr kuni Sony Xperia Ear nomli aqlli garniturani sotuvga chiqaradi, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Sony Xperia Ear personal yordamchi funksiyasini bajaradigan kichkina garnitura hisoblanadi. U ovozli buyruqlarni aniqlab, smartfon bilan bog‘lanadi va foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Garnitura Sony Agent texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, unga yaqinlik sensori o‘rnatilgan. Misol uchun, garnitura o‘z egasini joriy ishlardan chalg‘itmagan holda, rejalashtirilgan hodisa va topshiriqlarni eslatib turishi mumkin.
Gadjet 29,5 x 15,2 x 25,2 mm o‘lchamga ega bo‘lib, bor-yo‘g‘i 6 gramm yuk bosadi. U og‘irligi 31 gramm bo‘lgan zaryadlash qurilmasidan quvvatlanadi. Sony Xperia Ear NFC va Bluetooth modullarini qo‘llab-quvvatlaydi, IPX2 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Narxi – 194 dollar atrofida bo‘lishi haqida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi