23:01 / 17.10.2016
6 112

"Odnoklassniki"da guruhlarning yangi katalogi

"Odnoklassniki"da guruhlarning yangi katalogi

"Odnoklassniki" muhim yangilik haqida xabar bermoqda. Bu safar yangilik guruhlar katalogi bilan bog‘liqdir. U ham bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq guruh toifalari ro‘yxatini kengaytirdi va ularni moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqish jaryonini joriy etdi.

Avvalari, noinsof administratorlar qo‘proq trafik yig‘ish uchun guruhlar toifasini tez-tez o‘zgartirib, guruh mavzusiga to‘g‘ri kelmasa ham guruhni bo‘limdan bo‘limga o‘tkazishar edi.

Endilikda katalogga faqatgina "Odnoklassniki" reglamentiga to‘g‘ri kelgan holdagina qo‘shilish mumkin. Agar ijtimoiy tizim moderatorlari tomondan qoida buzarliklar aniqlanmasa, guruh tez orada tegishli bo‘limda paydo bo‘ladi.

Katalogda guruh paydo bo‘lishi uchun ijtimoiy tarmoq ko‘mak xizmatiga murojaat etish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Odnoklassniki"da guruhlarning yangi katalogi