Terabayt.uz nashrining yozishicha, ayni paytda Facebook kompaniyasi o‘zining Messenger ilovasiga mobil internetni tejash funksiyasini joriy qilish ustida ish olib bormoqda. Mazkur yangilik hozircha Android platformasi ishlaydigan qurilmalarda paydo bo‘lishi tasdiqlangan. Ilovaning sozlamalar menyusida joylashgan Data Saver funksiyasi orqali unga keladigan foto va videolarning avtomatik tarzda yuklanishini cheklash mumkin.
Ta’kidlash kerak, bunday funksiya yurtimizda ommabop bo‘lgan bir nechta messenjerlarga allaqachon tatbiq etilgan. Facebook Messenger’dagi mazkur funksiya foydalanuvchi faqat mobil internetni ishlatganda faollanishi haqida xabar berilgan. Shu bilan birga ilova muayyan muddat davomida qancha trafik saqlab qolingani to‘g‘risida ham ma’lumot berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan ikki hafta oldin Facebook messenjerning sodda va bir vaqtning o‘zida kam mobil trafik sarflaydigan Messenger Lite versiyasini chiqargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?