Dyson firmasining Dyson V8 nomli yangi simsiz changyutgichi futuristik dizayn va qulay ergonomik xususiyatlarga ega. Shuning uchun undan nafaqat pollarni tozalashda, balki boshqa notekis yuzalarni saranjom-sarishta qilishda ham foydalansa bo‘ladi.
Changyutgichni bir marta to‘liq zaryadlab, uni 40 daqiqa davomida ishlatish mumkin. Gadjet 5 yillik faol foydalanishga mo‘ljallangan. Akkumulyatorni 700 martagacha qayta zaryadlash mumkin. Changyutgich konteynerini chiqindilardan tozalash paytida siklon tizimi yuqoriga ko‘tariladi, silikon gardish esa undagi barcha chang va qoldiqlarni yaxshilab bartaraf etadi.
Modelga quvvati 425 Vt bo‘lgan raqamli dvigatel o‘rnatilgan. U avvalgi Dyson changyutgichidagi motordan 75 Vt ortiqroq quvvatga ega, biroq shovqin darajasi 50 foizga kamroq.
Dyson V8 changyutgichining og‘irligi — 2,6 kg. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan narxi 750 dollar atrofida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”