21 oktyabr kuni AQShning yirik Dyn nomli servis-provayderiga uyushtirilgan kuchli DDoS-hujum oqibatida mamlakatdagi ko‘plab internet-resurslar ishlamay qoldi. Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, kiberhujum natijasida Twitter ijtimoiy tarmog‘i, Spotify veb-pleeri, Pinterest fotoxostingi, Netflix onlayn kinoteatri, Amazon internet-do‘koni va The New York Times gazetasining saytining ishida xatolik yuz bergan. Shubhasiz, yuqorida nomi keltirilgan servislar AQShdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan resurslar toifasiga kiradi.
Dyn Managed DNS infratuzilmasiga uyushtirilgan kiberhujum bir necha soat davom etgan. Garchi servis-provayder bir qator mijozlardan kelgan bildirgilar asosida tarmoq ishidagi nosozliklarni bartaraf qilishga kirishgan bo‘lsa-da, kiber hujum ko‘lami juda katta bo‘lgani sababidan yuzlab saytlarning faoliyati buzilgan. Hozirda servis ishidagi barcha xatoliklar tuzatilgan, ammo xakerlar yana hujum uyushtirishi mumkinligini hech kim istisno qilmayapti. Ushbu hujum natijasida, asosan, AQShning sharqida joylashgan shtatlarda internet faoliyatiga katta zarar etkazilgan.
Bundan avvalroq quvvati 1 Tbit/soniya bo‘lgan DdoS hujum tufayli Fransiyaning OVH xosting-provayderining ishida ham yirik nosozliklar kuzatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi