12:30 / 29.10.2016
6 499

Lumigon T3 – daniyalik viking flagman

Lumigon T3 – daniyalik viking flagman

Bundan taxminan 5 oy avval Daniyaning Lumigon kompaniyasi o‘zining Lumigon T3 nomli flagman smartfonini e’lon qilgan edi. Flagman smartfondan tashqari uning lyuks versiyasi T3 Exclusive modeli ham sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz nashrining yozishicha, mazkur modellar tez orada Rossiyada ham sotila boshlaydi. Standart Lumigon T3 modelining narxi qariyb 740 dollar, qimmatbaho metalldan yasalgan T3 Exclusive versiyani 1300 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi.


Lumigon T3 korpusi Corning Gorilla Glass 4 standartidagi shisha va zanglamas po‘latdan qilingan. 13 MPli va 4 MPli qo‘sh asosiy kameraga ega. Old kameraning aniqligi 5 MP. Gadjet barmoq izi skaneri, 4,8 dyuymli Full HD aniqligidagi SuperAMOLED-ekran, sakkiz yadroli MediaTek Helio X10 prosessori, 3 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan.

Qurilma Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi, 2285 mA/st sig‘imli batareyadan quvvatlanadi. Og‘irligi – 145 gramm. O‘zbekistonda qachon paydo bo‘lishi noma’lum.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lumigon T3 – daniyalik viking flagman