23:46 / 12.03.2015
8 045

64 bitli chipga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Win 2 hamyonbon smartfoni namoyish etildi

64 bitli chipga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Win 2 hamyonbon smartfoni namoyish etildi

Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining ikkinchi avlod Android-smartfoni Galaxy Win ni namoyish qildi. Hamyonbop qurilmalar sinfiga kiruvchi ushbu yangi smartfon 64 bitli prosessor bilan jihozlangan.

Galaxy Win 2 da prosessor sifatida takt chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 410 ning to‘rt yadroli modeli ishlatilgan. Tezkor xotira 1 Gbaytni, doimiy xotira esa 8 Gbaytni tashkil qiladi. Smartfon xotirasi ikkita microSD flesh-kartalari bilan to‘ldirilishi mumkin.

Foto va videotasvir uchun 5 Mp li asosiy hamda 2 Mp li oldi kamera o‘rnatilgan. Qurilma 2000 mA·soat sig‘imli akkumulyatorli batareyadan quvvatlanadi. Smartfonda ko‘rsatish qobiliyati 800 × 480 pikselni tashkil qiladigan 4,5-dyuymli sensor displey o‘rnatilgan.

Qurilmaning o‘lchamlari 131 × 68,1 × 8,8 mm ni, og‘irligi 130 grammni tashkil qiladi. Qurilma SIM-karta yordamida LTE-tarmoqlarga ulana oladi. Ular uchun smartfonda ikkita slot mo‘ljallangan. Smartfonga Android 4.4 KitKat operasion tizimi o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy Win 2 modeli Braziliyada namoyish etildi va birinchi bo‘lib shu mamlakatda sotuvga chiqariladi. Qurilmaning narxi 230 dollarni tashkil qilishi aytilgan. Smartfon uch xil rangda chiqariladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 64 bitli chipga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Win 2 hamyonbon smartfoni namoyish etildi