10:30 / 31.10.2016
6 585

Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini pastga ko‘chirish mumkin bo‘ladi

Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini pastga ko‘chirish mumkin bo‘ladi

So‘nggi yillarda smartfon shunchaki aloqa vositasi vazifasini bajarish doirasidan chiqib, qo‘shimcha turli funksiyalarni ham amalga oshiradigan qurilmaga aylandi. Xususan, smartfonning internet tarmog‘i bilan bog‘lanishdagi ahamiyati juda katta. Mazkur tendensiyani yaxshi tushungan smartfon ishlab chiqaradigan kompaniyalar hozirda, asosan, ekran diagonali 5 dyuymdan yirik bo‘lgan qurilmalarni sotuvga chiqarishmoqda.

Biroq bunday katta ekranli qurilmalarni bir qo‘l bilan boshqarish qiyin va noqulay. Ayniqsa, ko‘plab boshqarish elementlari ekranning yuqori qismida joylashganda mazkur noqulaylik yanada ortadi. Terabayt.uz nashrining yozishicha, Google kompaniyasi mazkur ergonomik muammoni oldindan anglagan holda Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini ekranning quyi qismiga joylashtirishga qaror qilishdi. Hozircha bunday funksiya faqat Chrome Beta va Chrome Canary dasturlarida mavjud.

Beta-sinovlar yakunlangandan so‘ng ushbu funksiya brauzerning Android ilovasida paydo bo‘ladi. Hozircha chiqish muddatiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Chrome brauzerining Android ilovasida qidirish satrini pastga ko‘chirish mumkin bo‘ladi