6 723
Puma bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovkalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi ortidan Puma firmasi ham bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Autodiscs nomli yangi krossovkalar ichiga bog‘lanishni zaiflashtiruvchi yoki kuchaytiruvchi elektromotor o‘rnatilgan bo‘ladi. Bog‘lanish bevosita krossovkadagi tugma yoki mobil dastur orqali amalga oshiriladi.
Ilgariroq Nike kompaniyasi bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Puma yaratuvchilarining aytishicha, Autodiscs krossovkasining Hyperadapt 1.0 ga nisbatan ikkita ustunligi bor.
Birinchisi, bog‘ichlarni boshlovchi motor krossovkaning tagcharmida emas, tilida joylashgan. Bu oyoq kiyimning egiluvchanligini saqlab qolishga yordam beradi.
Ikkinchi ustunlik shundan iboratki, krossovkaning bog‘lanishini mobil dastur yordamida smartfon orqali amalga oshirish mumkin. Krossovkada nima bilan shug‘ullanishga qarab, uning bog‘lanishini har ikki yoki alohida oyoq uchun maksimal darajada qulay holatga keltirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring