Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi sentyabr oyida navbatdagi flagmani LG V20 modelini taqdim etgandi. Model Android 7.0 versiyasida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gadjet bo‘ldi, u kuchli texnik parametrlar va ilg‘or qo‘sh kamera bilan ta’minlandi.
Biroq smartfonning sotuvlari boshlangach, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, foydalanuvchilar asosiy kamera modulining juda tez sinib ketayotganligi, zarbalarga chidamsizligidan shikoyat qilishdi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, kamera shishalari kuchsiz jismoniy bosimsiz yoki chaqnoqning uzoq yonishidan chatnaganligi borasida turli mijozlar xabar qilishgan. Biroq ushbu sabablarning aniqligi shubha ostidi. Chunki kamera chaqnog‘i o‘zidan yuqori harorat chiqarmaydi. Nima bo‘lganda ham, model kamerasida biror defekt mavjud bo‘lsa kerak. Soha bloggerlari ham smartfonni xarid qilgach, kamerani maxsus qoplam bilan qoplashni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi