Xiaomi kompaniyasi hoshiyasiz Mi Mix smartfoni sotuvi boshlanganidan so‘ng 10 soniya ichida birinchi partiya mahsulotni sotishga ulgurdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Bu Xitoy ishlab chiqaruvchisi uchun rekord natija hisoblanadi.
Xitoyda Mi Mix sotuvi 4 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlandi. Oradan o‘n soniya o‘tib, barcha smartfonlar sotib bo‘lindi. Qolgan xaridorlarga esa SMS orqali qurilma tugagani to‘g‘risida ma’lum qilindi. Xiaomi kompaniyasining Mi Note 2 qurilmasi 50 soniya ichida sotib tugatilgan edi.
Mi Mix oktyabr so‘ngida taqdim etilgandi. U 2040 x 1080 pikselli 6,4-dyuymga ega displeyga ega bo‘lib, chetlari hoshiyasiz tarzda ishlangan. Displey old panelning 90 foiz qismini egallagan. Qurilma, shuningdek, 2,35 gigagersli, to‘rt yadroli Snapdragon 821 prosessori bilan ta’minlangan. Smartfon korpusi keramikadan ishlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi