Facebook kompaniyasini bugungi kunda faqat ijtimoiy tarmoq bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Firma anchadan buyon ijtimoiy tarmoqqa aloqador yoki unga qarashli bo‘lmagan xilma-xil servislarni yaratib kelmoqda. Agar bundan bir necha muddat avval Facebook’ka videoo‘yin striminglari tatbiq etilgan bo‘lsa, yaqinda kompaniya o‘zining Gameroom nomli o‘yin platformasini ishlab chiqdi. Shu bilan birga, avvalroq Facebook Messenger xizmatiga basketbol, futbol va shaxmat kabi bir qator sozlangan o‘yinlar qo‘shilgan edi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, shu oyning so‘ngida Facebook mustaqil dasturchilarga Facebook Messenger uchun o‘yinlarni tayyorlashga xizmat qiladigan Instant Games deb ataladigan asboblar to‘plamini chiqaradi. Hozircha o‘yinlarning turi to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. Biroq mutaxassislarning qayd etishicha, birinchi navbatda, mazkur yo‘nalishda asinxron o‘yinlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilar tomonidan o‘ynaladigan o‘yinlarga urg‘u beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi