01:38 / 12.11.2016
6 580

Eve V plansheti Microsoft Surface Pro’ning raqibiga aylanadi

Eve V plansheti Microsoft Surface Pro’ning raqibiga aylanadi

AQShning Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Microsoft Surface Pro lineykasidagi planshetlar Windows operasion tizimidagi eng kuchli qurilmalar hisoblanadi. Ammo ularning narxi bozordagi boshqa planshetlarga qaraganda bir qadar qimmat. Mazkur omilni hisobga olgan holda Eve firmasi bozordagi eng yaxshi Windows planshetni yaratishni boshlab yubordi.

Qurilmaga Eve V nomi berilishi ma’lum qilingan. Tashqi tomondan model Microsoft planshetlariga o‘xshab burchakli qirralar ega, maxsus podstavkasi ham bor. Terabayt.uz yozishicha, Eve V plansheti 12,3 dyuymli 2K formatidagi IGZO LCD ekran, ettinchi avlod Intel Core M3/i5/i7 prosessori, 8/16 GB LPDDR3 operativ xotira bilan jihozlanadi. Doimiy xotiraning sig‘imi versiyaga qarab 128/256/512 GB.

Model barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Unga har biri 1 Vt quvvatga ega to‘rtta dinamik o‘rnatilishi ma’lum qilingan. Asosiy kamerasining aniqligi – 5 MP, old kameraniki – 2 MP.

Planshetga 21 noyabrdan boshlab Indiegogo platformasida buyurtma berish mumkin bo‘ladi. Narxi 900 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eve V plansheti Microsoft Surface Pro’ning raqibiga aylanadi