Odatda, telefonni bloklash uchun PIN-kod yoki barmoq izi skaneridan foydalanamiz. Biroq so‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bunday usullar ham telefonni tashqi xavfdan yaxshi himoya qilolmasligi mumkin ekan.
Terabayt.uz sayti yozishicha, xakerlar Wi-Fi signali orqali smartfondagi PIN-kodni aniqlash usuli topishdi. Xakerlar buning uchun qalbaki Wi-Fi nuqtasini yaratishadi va uzatilgan signal yordamida foydalanuvchi ishlatadigan PIN-kodni bilib olishadi. Buning oqibatini anglash esa u qadar murakkab emas.
Jarayon WindTalker dasturi yordamida amalga oshiriladi: u boshqa xakerlik dasturlaridan farqli o‘laroq, foydalanuvchi bosadigan tugmalarning tovushini ham aniqlash imkoniyatiga ega. Bularning barchasi Wi-Fi tarmog‘i orqali bajariladi.
Albatta, bundan xavotirga tushish kerak emas. WindTalker dasturi samarali ishlashi uchun bir qator muayyan sozlama va sharoitlar talab etiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ma’lumot smart qurilma foydalanuvchilari uchun ahamiyatli. Ayniqsa, jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi tarmoqlarga ulanganda hushyor bo‘lish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi