Seagate kompaniyasi 5 TB sig‘imga ega Backup Plus Portable nomli xard-to‘plagichni sotuvga chiqaradi. Bunday yirik sig‘imli to‘plagich hozirda axborotlarni saqlash va ko‘chirishga bo‘lgan ehtiyojlarga javob sifatida ishlab chiqildi.
Backup Plus Portable avvalroq namoyish etilgan 2,5 dyuymli sig‘imi 1,25 TB bo‘lgan Seagate Barracuda qattiq diski asosida yaratildi. Xard-to‘plagich stasionar va mobil qurilmalardan fayllarning zaxira nusxalari yaratadigan hamda ularni ijtimoiy tarmoqlar bilan bevosita ulashish imkoniyati beradigan Seagate Dashboard utilitasi yordamida ishlaydi. Shuningdek, gadjet oddiy kompyuter va Mac kompyuterlariga mos tushadi. Qurilmani boshqa gadjetlarga USB 3.0 porti orqali ulash mumkin. Alyumin korpusning qalinligi 2 santimetrdan (20,5 mm) iborat.
Backup Plus Portable kompaniyaning boshqa modellari bilan birgalikda (Ultra Slim, Slim, Portable 4TB, Fast, Desktop va Hub) tashqi to‘plagichlar lineykasidan o‘rin oladi. Narxi 190 dollar, to‘rt xil rangda tayyorlanadi, shu oyda sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi