19:52 / 19.11.2016
7 239

2017 yilda yangi Nokia smartfonlari paydo bo‘ladi

2017 yilda yangi Nokia smartfonlari paydo bo‘ladi

Nokia kompaniyasi taqdimotida aytilishicha, 2017 yilda bu brend ostida yangi smartfonlar paydo bo‘ladi.

GSM Arena nashrining ma’lum qilishicha, aslida Nokia o‘z brendi ostida biror-bir qurilma ishlab chiqarmoqchi emas, u shunchaki brend va patentlar egasi sifatida ishtirok etadi hamda yangi telefonlarning yaratilishini kuzatib boradi.

Smartfonlarni esa bevosita boshqa kompaniya ishlab chiqaradi. Avvalroq Nokia kompaniyasi HMD Global bilan hamkorlik qilishi hamda o‘z brendi ostida smartfon va planshetlar ishlab chiqarishni qayta boshlamoqchi ekanligini e’lon qilgan.

HMD kompaniyasi mobil telefonlar segmentida Nokia brendidan foydalanish bo‘yicha 10 yillik kelishuvga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2017 yilda yangi Nokia smartfonlari paydo bo‘ladi