17:46 / 29.11.2016
6 329

Xaker hujumi tufayli San-Fransicko metrosi bepul ishladi

Xaker hujumi tufayli San-Fransicko metrosi bepul ishladi

San-Fransisko shahridagi jamoat transportining (San Francisco Municipal Railway) operatorlik tizimiga juma kuni kiberhujum amalga oshirilgan. Shahar transport tashkiloti hujumdan xabar topgach, uni bir necha soat davomida bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Nosozlikni tuzatish paytida aholi shahar metrosidan bepul foydalangan.

Teravayt.uz yozishicha, kiberhujum uyushtirilgan tizimning ekranida mazkur yozuv aks ettirilgan: “Tizimga buzib kirildi. Barcha ma’lumotlar shifrlangan”. Xaker tizimni ochadigan kodni yuborish uchun shahar transport tashkilotidan moliyaviy mablag‘ talab qilib, u bilan [email protected] manzili bo‘yicha bog‘lanishlari so‘ragan. U shahar transport tizimining dasturi juda kuchsiz ekanligini qayd qilgan va tizimning yanada himoyalangan versiyasini undan xarid qilishlari talab qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xaker hujumi tufayli San-Fransicko metrosi bepul ishladi