Samsung Galaxy S8 haqida so‘nggi paytlarda internet tarmog‘ida ancha ko‘p tafsilotlar e’lon qilinmoqda. Hatto yaqinda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarning birida ushbu flagmanning taxminiy suratlari ham paydo bo‘lgan edi.
Kecha Janubiy Koreyaning IT sohasiga doir yangiliklarni yoritadigan KoreaIT News caytida Samsung Galaxy S8 modeliga tegishli yana bir yangilik haqida xabar berildi. Nashrda yozilishicha, Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmani avtofokus funksiyaga ega selfi kamera bilan jihozlanishi mumkin ekan. Umuman olganda, bu funksiya smartfon sanoatida yangilik emas, biroq juda kam uchrashini tan olish lozim.
Shuningdek, kamera modulining hajmini kamaytirish maqsadida Samsung yangi smartfonda boshqa turdagi aktuatordan foydanishni rejalashtirgan. Hozircha model kamerasi haqida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi