23:33 / 01.12.2016
6 406

Yangi Samsung Gear VR yuz va ko‘z harakatlarini aniqlashi mumkin

Yangi Samsung Gear VR yuz va ko‘z harakatlarini aniqlashi mumkin

Bundan ikki yilcha muqaddam Samsung kompaniyasi displey sifatida smartfon ekranidan foydalanadigan Gear VR garniturasini taqdim qilgan edi. O‘tgan yili esa ushbu garnituraning foydalanishda yanada qulay versiyasi chiqarildi. Biroq u funksiyalar borasida avvalgi avloddagi garnituradan deyarli farq qilmagan.

Terabayt saytining yozishicha, yangi avloddagi Samsung Gear VR o‘z o‘tmishdoshlaridan har tomonlama ajralib turadi. Misol uchun, kompaniya patentida berilgan ma’lumotlarda yangi garnituraning qurilma holatini kuzatishi hamda foydalanuvchining ko‘z va yuz ifodalarini ham aniqlash imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Garnituraga yuzni modellashtirishga xizmat qiladigan bir qator sensorlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari infraqizil va elektrookulografik datchiklar foydalanuvchining ko‘z harakatlarini kuzatishi mumkin.

Yangi avloddagi Samsung Gear VR Galaxy S8 flagmani bilan birga taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi Samsung Gear VR yuz va ko‘z harakatlarini aniqlashi mumkin