iPhone odamni o‘qdan himoyalab, uning hayotini saqlab qola oladimi? Bu savolga javobni YouTube’dagi EverythingApplePro videokanali mualliflari topishga harakat qilishdi. Ular Apple smartfonlari qanchalik o‘q o‘tkazmasligini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi va bu jarayonni video orqali namoyish qilishdi. Ayni vaqtda rolikni 25 mln dan ko‘proq odam tomosha qilishga ulgurdi.
Bu tajribaning natijalari etarlicha qiziq bo‘ldi: hattoki 4 ta ketma-ket qo‘yilgan iPhone yaqin masofadan o‘q tegishiga bardosh bera olmadi. AK-74 "Kalashnikov" avtomatidan uzilgan o‘q 4 ta smartfonni ham teshib o‘tib, 5-smartfonda tiqilib qolib, uni yaroqsiz holatga keltirdi.
Tajriba yana bir bor o‘tkazilganda, vaziyat deyarli birinchi holatdagidek bo‘ldi, biroq bu gal o‘q 5 ta smartfondan o‘tib, 6-smartfonga urilib to‘xtadi. Biroq shunga qaramasdan, 6-smartfon ishlashda davom etgan.
Bu tajribadan ko‘rinishicha, ko‘ylak yoki kostyumning cho‘ntagida bo‘lgan iPhone odamni yuragiga o‘q tegishidan saqlab qolgani haqidagi gaplar "cho‘pchak"ka o‘xshaydi. Rolik mualliflari buni yodda tutishni va ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilishmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi