Qurilmalar diagnostikasi bilan shug‘ullanuvchi Instrumental kompaniyasi mutaxassislari Samsung Galaxy Note 7 smartfonini bo‘laklab, uning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi sababini ma’lum qildilar.
Muhandislarning aytishicha, akkumulyatorlar detallarning yomon joylashtirilgani sababli portlagan. Smartfon ichidagi butlovchi qismlar akkumulyatorni ezgan. Natijada akkumulyator alohida bo‘limda joylashtirilgan bo‘lganiga qaramasdan, detallar va akkumulyator orasidagi masofa juda kichik bo‘lgan.
"Kamroq sig‘imdagi akkumulyatordan foydalanish bu muammodan qochishga imkon berardi. Biroq unda smartfonning uzluksiz ishlashi undan avvalgi Note 5 va bevosita raqobatchisi iPhone 7 Plus’nikidan kamroq bo‘lardi", deyilmoqda Instrumental hisobotida.
Kompaniyada taftish hali ham davom etmoqda va uning natijalari 2016 yil oxirida ma’lum qilinadi. Kompaniya uchun smartfonning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi jumboq bo‘lib qolayotgani sababli, keyingi flagman model Galaxy S8 chiqarilishi cho‘zilib ketdi.
Note 7 modelidagi smartfonlar 2016 yil avgustida sotuvga chiqqandi, biroq oktyabrda, smartfon alangalanib ketishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd qilingandan keyin Janubiy Koreya kompaniyasi avval uni sotishni, keyinroq esa umuman ishlab chiqarishni to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi