AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish hech kutilmagan holat bo‘lib, unga jamiyatning barcha qatlami bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi. Kun.uz sayti yozishicha , bunday fikr Twitter kompaniyasi asoschisi va rahbari Jek Dorsidan chiqqan.
"Saylangan prezident bizning xizmatlardan boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘lish maqsadida foydalanadi, va bu istalgan insonga u ayni damda nima haqida o‘ylayotganidan xabardor bo‘lish imkonini yaratadi. Menimcha, bu juda qiziq", - dedi Dorsi. Uning eslatishicha, Tramp jamoasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan o‘z g‘oyalarini ilgari surishda faol foydalangan.
"Avval bunday holatni hech ko‘rmagandim, - davom etadi Dorsi. – Biz yangi dunyoga qarab ketmoqdamiz. Unda barcha narsa yuzaga chiqadi va har kim buni ko‘rishi va real vaqt rejimida muhokama qilishi mumkin". Mutaxassisning tan olishicha, u "jarayon oxir-oqibat qaerga olib kelishini" bilmaydi.
Ma’lumot uchun, Tramp Oq uy uchun kurash davomida bir necha marotaba ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi haqida aytib o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, aynan Twitter va Facebook’dagi keng qamrovli targ‘ibot kampaniyalari uning saylovlarda g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi