12:28 / 09.12.2016
7 789

9 dekabr- kompyuter sichqonchasi taqdim etilgan sana

9 dekabr- kompyuter sichqonchasi taqdim etilgan sana

1968 yilning 9 dekabr sanasida Duglas Engelbart birinchi kompyuter sichqonchasini namoyish etadi. U 1963 yildan beri Stenford tadqiqot markazida mazkur ixtiro ustida olib borayotgan edi. Kashfiyot 1970 yilda patentlanadi.

Birinchi sichqoncha korpusdan biroz chiqib turadigan ikkita kichik g‘ildiraklarga ega bo‘lgan. Biroq Engelbart mazkur yondashuvdan tezda voz kechib, keyinchalik uzoq yillar davomida kompyuter sichqonchalari uchun umumiy standart vazifasini bajargan doirali o‘tkazgichdan foydalanadi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

1981 yilda ishlab chiqarilgan Xerox 8010 Star Information System kompyuteri sichqoncha bilan sotuvga chiqarilgan ilk bunday turdagi qurilmaga aylanadi. Aksessuar uchun o‘sha vaqtda 400 dollar narx belgilangan (!). Biroq oradan ikki yil o‘tgach, Apple tomonidan 25 dollar evaziga chiqarilgan Lisa sichqonchasi ta’sirida gadjetning narxi keskin tushib ketadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 9 dekabr- kompyuter sichqonchasi taqdim etilgan sana