22:22 / 10.12.2016
6 937

Fransiyalik suratkash National Geographic fototanlovi gran-prisini qo‘lga kiritdi

Fransiyalik suratkash National Geographic fototanlovi gran-prisini qo‘lga kiritdi

National Geographic jurnali Nature Photographer of the Year tanlovini o‘tkazdi. Ushbu tanlov doirasida yilning tabiat manzaralariga bag‘ishlangan eng chiroyli suratlari turli nominasiyalar bo‘yicha saralab olindi.

Tanlov gran-prisini fransiyalik Greg Lakur qo‘lga kiritdi. U Janubiy Afrika sohillarida sardinalar migrasiyasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, rossiyalik Vadim Balakin «Atrof muhit» nominasiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Uning «Hayot va mamot» fotosuratida oq ayiqning qoldiqlari aks etgan. Surat Shpisbergenda olingan.

TJournal tanlovda yutuqli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir qancha fotosuratlarni taqdim etdi.

Italiyadagi tabiat bog‘ida muzlab qolgan hovuz. Alessandro Grussa.

Tinch okean ustida po‘rtana. Santyago Borxa.

Hind o‘rmonidagi ilon. Varun Aditya.

Qarg‘a boyqushni o‘z hududidan haydab chiqarmoqda. Chia Lourens.

Oq ayiq o‘z vaqtida qor bilan qoplanmagan sohilda. Petti Veymayr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fransiyalik suratkash National Geographic fototanlovi gran-prisini qo‘lga kiritdi