Robotlar turmushning turli jabhalariga kirib kelishda davom etmoqda. Joryi haftada Sidney va Melbern shaharlaridagi Stockland kompaniyasining savdo markazlarida birinchi robotlashtirilgan yordamchilar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
Robotlarga Chip degan nom berilgan, bo‘yi 1,7 metr, og‘irligi 100 kilogrammni tashkil qiladi. Robotlarga 12,1 dyuymli sensorli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali xaridorlar chegirma yoki mahsulot rastasining o‘rni kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Robotlar kamera, lazer, ultratovushli skaner, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan, bu esa ularga xaridorlarni yuzini aniqlash va savollarga javob qaytarishga yordam beradi. Shuningdek, Avstraliyaning beshta ilg‘or universitetlarida tahsil oladigan ijtimoiy robotexnika bilan shug‘ullanadigan talabalarga ushbu robotlar ustida tajribalar o‘tkazishga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi