15:31 / 11.12.2016
6 169

HTC VR-o‘yinlar yaratadigan studiya ochadi

HTC VR-o‘yinlar yaratadigan studiya ochadi

Bugungi HTC kompaniyasi o‘zining Vivo VR nomli garniturasi bilan virtual reallik bozoridagi eng muhim brendlardan hisoblanadi. Biroq, tan olib aytish kerak, ushbu soha mijozlar kutganidan ham ancha sekin sur’at rivojlanib bormoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak 2016 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra HTC jami 140 000 dona Vivo VR-garnituralari sotishga muvaffaq bo‘lgan, xolos. Virtual reallikka mo‘ljallangan materiallarni yaratish va ularni ko‘paytirish maqsadida HTC kompaniyasi Vive Studios nomli studiya ochishi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Virtuallik reallik yo‘nalishi bo‘yicha Tayvan kompaniyasining vise-prezidenti Joel Bretonning qayd etishicha, studiya tomonidan ishlab chiqiladigan kontentlar, avvalambor, 360 gradusli videolardan iborat bo‘ladi.

Vive Studios hozirda 2 Bears studiyasi bilan hamkorlikda Arcade Saga deb atalgan o‘zining birinchi mahsuloti ustida ishlashni boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » HTC VR-o‘yinlar yaratadigan studiya ochadi