Sir emaski, bugungi kunda megapolislardagi uy-joyning har bir kvadrat maydoni kutilganidan ancha qimmat turadi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida Xitoy xalq arxitektura byurosi gaykali klyuch yordamida bir sutka ichida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan uy konstruksiyasini ishlab chiqdi. Mazkur uyni taxminan 10 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Mazkur uy uchun ishlatiladigan materiallar, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. mustahkam xom-ashyolardan tayyorlangan, uy tayyor isitish modullari, elektroenergiya o‘tkazmasi va santexnika jihozlariga ham ega. Barcha qismlar o‘zaro bloklash tizimi orqali birlashtiriladi.
Uy ikkita havaskor tomonidan taxminan 24 soat ichida yig‘ilishi mumkin. Aytishlaricha, mazkur innovasion uy foydalanuvchiga Xitoyda oddiy tijorat uyi qurilishiga qaraganda 30 marta arzonroq tushadi. Uyning ichki qismidagi maydonning hajmi 27,8 kvadrat metrga teng. Uy mehmonxona, oshxona, tomdagi kichik ayvon, deraza va eshiklardan tashkil topgan. Shuningdek, uyga mobil yoki shahar kanalizasiyasiga ulangan vannaxona ham o‘rnatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring