Joriy yilning sentyabr oyida iPhone 7 taqdimotida namoyish etilgan Airpods naushniklarini sotuvga chiqarish yana bir necha oyga surilishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, “Olma” mazkur gadjetni Apple Store do‘konlariga etkazib berishni boshlab yubordi.
Apple sentyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan iPhone 7 taqdimotida ushbu naushniklar oktyabr oyida global savdoga chiqishini qayd qilgan edi. Biroq, ko‘rib turganingizdek, Airpods naushniklari uzoq kechikish bilan nihoyat rastalarda paydo bo‘lmoqda.
Simsiz Airpods naushniklarining narxi AQShdagi Apple Store do‘konida 159 dollarni tashkil qiladi, buyurtma berish jarayoni ochilgan, ularni rasman 21 dekabrdan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Naushniklar bitta zaryadda musiqa tinglash rejimida 5 soatgacha ishlashi mumkin, avtonom ishlash vaqti esa 24 soatgacha. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi