00:39 / 16.12.2016
6 032

Chuwi shu oyning so‘ngida LapBook 14.1 noutbukini taqdim qiladi

Chuwi shu oyning so‘ngida LapBook 14.1 noutbukini taqdim qiladi

Xitoyning Chuwi kompaniyasi dekabr oyi oxirida LapBook 14.1 noutbukini namoyish qiladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Qurilma to‘rt yadroli Apollo Lake avlodidagi chastotasi 2.2 GGs bo‘lgan Intel Celeron N3450 prosessori bilan jihozlanadi. Kesh xotirasining sig‘imi – 2 MB. Intel HD Graphics 500 grafikasi ko‘zda tutilgan.

Chuwi LapBook 14.1 modeli 4 GB operativ xotira (DDR3 RAM) va 64 GB eMMC formatidagi doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Batareyasining sig‘imi – 9000 mA/soat (litiy-polimer). Ikki diapazonli Wi-Fi aloqasi va to‘liq formatli USB portlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Noutbuk Windows 10 Redstone platformasida ishlaydi. Og‘irligi 1316 gramm. Hozircha modelning aniq narxi ma’lum qilinmagan. Biroq u taxminan 300 dollar narxida sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Chuwi shu oyning so‘ngida LapBook 14.1 noutbukini taqdim qiladi