Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati AQShdagi saylovlarda siyosiy mojarolarga olib kelishga ulgurgan soxta xabarlarga qarshi kurash strategiyasini taqdim etdi, deb yozadi «Daryo».
Kompaniyaning yangiliklar bilan ishlash bo‘yicha vise-prezidenti Jon Xejmen ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqdagilar yolg‘on ma’lumot tarqatilishiga qarshi kurash zarurligini tushunadi, ammo shu bilan bir vaqtda Facebook o‘zining axborot almashish uchun ochiq maydon sifatidagi rolini saqlab qolmoqchi.
Dastlab kompaniya foydalanuvchilar uchun yolg‘on xabarlar paydo bo‘lgani haqida xabar qilish imkoniyatini yengillashtiradi. Agar u haqda ma’lum sondagi foydalanuvchilar xabar bersa, ma’lumot tekshirilish uchun axborot agentliklari yoki ma’lumotlarni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi boshqa kompaniyalarga yo‘naltiriladi.
Fakt sifatida tasdiqlanmagan yangiliklar ijtimoiy tarmoqdan yo‘qolmaydi, biroq ular «bahsli» deb belgilanadi va foydalanuvchilarning yangiliklar tasmasida pastroqda paydo bo‘ladi. Bunday yangilik bilan bo‘lishish mumkin, ammo u holda foydalanuvchi yangilikning «bahsli» ekanligi haqida yana bir marta ogohlantirish oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi