AQShning HP kompaniyasi Kaby Lake avlodidagi Intel prosessorlari bilan jihozlangan EliteBook 800 seriyasidagi yangi noutbuklarni taqdim qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Ammo zamonaviy prosessorlar ushbu noutbuklardagi yagona yangilik emas. Misol uchun EliteBook 800 G4 modeli takomillashgan BIOS himoya tizimiga ega bo‘lgan. EliteBook 800 seriyasidagi yangi modellar 2017 yilda sotuvga chiqariladi. Bu gal seriyadan 12,5 14, va 15,6 dyuymli ekranga ega bo‘lgan noutbuklar o‘rin olgan.
Seriyadagi eng kichik hajmli EliteBook 820 G4 modeliga 12,6 dyuymli Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatiladi. Shu bilan birga, mazkur noutbukka 32 GBgacha operativ xotira joylash mumkin bo‘ladi.
EliteBook 840 G4 esa piksel nisbati 2560x1440 nuqta bo‘lgan 14 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Batareyasining sig‘imi seriyadagi eng kichik modelnikiga qaraganda yirikroq.
Seriyadagi eng yirik noutbuk — EliteBook 840 G4 modeliga 15,6 dyuymli ekran joylanadi, aniqligi 4K formatida bo‘lishi aytilmoqda. Biroq uning HD va Full HD formatidagi versiyalari ham tayyorlanishi mumkin.
Hozircha yangi noutbuklarning narxi ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi